somsa turlari
samsa_8.jpg

Лаззат сомса
Masalliq:
Xamiri uchun 500 gr oq un, 200 gr margarine, 1 stakan qattiq yoki kefir, 1 dona tuxum, 1 choy qoshig’idan sirka, choy sodasi, tuz; qiymasi uchun 500 gr lahim go’sht, 250 gr yog’, 250 gr piyoz, yarim choy qoshig’ida tuz, yarim choy qoshig’ida murch, yarim choy qoshig’idazira. Yuziga esa 1 dona tuxum chaqiladi va 1 choy qoshig’ida sedana sepiladi.
Bu pazandaligimizda yangi paydo bo’lgan tansiq taomdir.
Margarinni muzlatgichda qotirib olib, qirg’ichdan o’tkazasiz va elangan unga qorishtirasiz. Qatiq yoki kefirni tuxum bilan birga bir hil massa hosil bo’lguncha iylaysiz – da, margarine qorishtirilgan unga qo’shib xamir qorasiz. Xamir qorish davomida navbati bilan sirka, choy sodasi va tuz qo’shasiz. Xamirni yahshi mushtlab pishitib, zuvala qilasiz va sochiqqa o’rab muzlatgichka qo’yasiz.
Ana shu vaqt ichida qiymasini hozirlaysiz. Buning uchun yog’liq qo’y (mol) go’shtining lahim qismidan olib (chumchuq tili) qilib to’graysiz, piyozni esa somoncha qilib to’g’raysiz, so’ng oshpichoq bilan chopasiz, bunga tuz, murch, zira qo’shib yahshilab mijiysiz. Qiyma yog’liq chiqsa, piyozni sal ko’proq qo’shasiz yog’sizroq bol’sa kamaytirasiz. Bu somsa uchun eng yahshi qiyma tarkibi: yarim go’sht, chorak qismi yog’ va chorak qismi piyoz bo’lishi shart.
Muzlatgichka qo’yilgan xamirni yong’oqday keladigan zuvalachalarga bo’lasiz. Har bir zuvalachadan jo’va yordamida 2 mm qalinlikdagi to’garak jildlar yoyasiz. Jildlarga bir osh qoshig’ida qiymadan solib sharsimon somsalar tugasiz. Duxovka patnisini yoglab somsalarni bir – biriga yopishtirmay terasiz, yuziga iylangan tuxumdan surtib, sedana sepgach, qizitilgan duxovkaga solib pishirasiz. Pishirganligi sirtining qizarganligi bilan aniqlanadi. Duxovkadagi somsalarning qizarganligiga qarab o’rni almashtirib turadi.
Laganga terib dasturxonga tortiladi.

Unless otherwise stated, the content of this page is licensed under Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 License