Somsalar
samsa_8.jpg

Лаззат сомса

• Masalliq:
Xamiri uchun 500 gr oq un, 200 gr margarine, 1 stakan qattiq yoki kefir, 1 dona tuxum, 1 choy qoshig’idan sirka, choy sodasi, tuz; qiymasi uchun 500 gr lahim go’sht, 250 gr yog’, 250 gr piyoz, yarim choy qoshig’ida tuz, yarim choy qoshig’ida murch, yarim choy qoshig’idazira. Yuziga esa 1 dona tuxum chaqiladi va 1 choy qoshig’ida sedana sepiladi.
Bu pazandaligimizda yangi paydo bo’lgan tansiq taomdir.
Margarinni muzlatgichda qotirib olib, qirg’ichdan o’tkazasiz va elangan unga qorishtirasiz. Qatiq yoki kefirni tuxum bilan birga bir hil massa hosil bo’lguncha iylaysiz – da, margarine qorishtirilgan unga qo’shib xamir qorasiz. Xamir qorish davomida navbati bilan sirka, choy sodasi va tuz qo’shasiz. Xamirni yahshi mushtlab pishitib, zuvala qilasiz va sochiqqa o’rab muzlatgichka qo’yasiz.
Ana shu vaqt ichida qiymasini hozirlaysiz. Buning uchun yog’liq qo’y (mol) go’shtining lahim qismidan olib (chumchuq tili) qilib to’graysiz, piyozni esa somoncha qilib to’g’raysiz, so’ng oshpichoq bilan chopasiz, bunga tuz, murch, zira qo’shib yahshilab mijiysiz. Qiyma yog’liq chiqsa, piyozni sal ko’proq qo’shasiz yog’sizroq bol’sa kamaytirasiz. Bu somsa uchun eng yahshi qiyma tarkibi: yarim go’sht, chorak qismi yog’ va chorak qismi piyoz bo’lishi shart.
Muzlatgichka qo’yilgan xamirni yong’oqday keladigan zuvalachalarga bo’lasiz. Har bir zuvalachadan jo’va yordamida 2 mm qalinlikdagi to’garak jildlar yoyasiz. Jildlarga bir osh qoshig’ida qiymadan solib sharsimon somsalar tugasiz. Duxovka patnisini yoglab somsalarni bir – biriga yopishtirmay terasiz, yuziga iylangan tuxumdan surtib, sedana sepgach, qizitilgan duxovkaga solib pishirasiz. Pishirganligi sirtining qizarganligi bilan aniqlanadi. Duxovkadagi somsalarning qizarganligiga qarab o’rni almashtirib turadi.
Laganga terib dasturxonga tortiladi.


куксомса.JPG

Ўрамали кўк сомса
Hamiriga:
1st iliq suv
• 1st iliq sut
• 1 choy qq uksus
• 5-6 qoshiq o'simlik yog'i
• 1 choy qq tuz
• un.
qiymasiga:
• shpinat
• ta'bga ko'ra dumba yog'i
• tuz,zira,kashnich maydalangani,murch
• 2ta o'rta kattalikda piyoz
Ichiga
75-100 gr eritilgan margarin yoki saryog'.

Ustiga:
• 1ta tuhum sarig'i va ozgina sedona
O'rtacha hamir qoriladi.Hamir yumshoq bo'lib ketmasligi kk. Yaxshilab hamir silliq bo'lguncha qadar mushtlanadi.10-15 daqiqa tindiriladi.Bu orada ichiga nachinkasini tayyorlab olinadi.Shpinat va dumba yog' mayda qilib to'g'raladi.Piyoz ham mayda ko'bik-ko'bik qb to'g'raladi.Tuz,zira,murch,kashnich maydalangani qo'shib aralashtiriladi. Tingan hamirni 2-3 bo'lakga bo'lib,juda ham yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan hamirga eritilgan saryog' surtiladi.Hamirni bir chitiga qiymani bir tekisda solib, 2 barmog' qalinligida rulet shaklida o'raladi. O'zingizga maqul kattalikda bo'laklarga bo'lib chiqing! Ustiga tuhum sarig'i surib,sedona sepiladi.
• 200-220 gradusda avvaldan qizitilgan duxovkada qizarguchga qadar pishiriladi.


Вараки коврилган чучвара
Хамирига
хамири оддий сув ва ундан иборат уртача хамир килинади ва ярим соат тиндириб куйилади.
Киймасига
лахм гуштни гушт киймалагичдан утказиб унга пиёзни майдалаб туграб фарш тайёрлаймиз ва табга кура зираворлар сепилади. Хамир тайёр булгандан кейин уни юбка килиб ёйилади ва ичига маргарин суртилади ва уралади ва 15 минутдан кейин уралган хамирни 5 см килиб кесамиз ва уни думалок килиб ёямиз сомса хамирини ёйгандай килиб кейин фаршни солиб чучвараларни тугамиз ва кизиб турганёгда ковуриб оламиз ва тарелкаларга териб дастурхонга тортамиз.


IMG_0013.jpg18.jpg

O'zbek milliy qatlamasi
Birinchi navbatda idishchaga suv solib ozgina tuzini rostlaymiz, keyin urtacha yumshoqlikda xamir qoramiz va xamirni zuvalacha qilib 30 min tindirib qo’yamiz.Tingan xamirni yupqa qilib yoyamiz qancha yupqa qilib yoyilsa shuncha yahshi.Yupqa qilib yoyilgandan keyin eritilgan margarinni bir tekis qilib surtib chiqamiz.Keyin yog’ surtilgan hamirni qatlab chiqamiz. Qatlangan hamirni kulcha shaklida o’rab chiqamiz.Keyin non shaklida yasaymiz.Pishirish uchun qozonga yog’ni solib qizdiramiz, va qatlamani qizib turgan yog’ga solamiz.Va qizarguncha pishiramiz. Qizargan qatlamani yog’dan chaqarib olamiz.Pishgan qatlamaning ustiga issiqligida shakar sepib chiqamiz.Qatlama tayyor. Yoqimli ishtaha!!!

Unless otherwise stated, the content of this page is licensed under Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 License